Isroil armiyasining G‘azo shahrida ko‘chirilgan falastinliklar yashaydigan maktabni o‘qqa tutishi oqibatida o‘n kishi, jumladan, bolalar halok bo‘ldi.
Fuqarolik mudofaa boshqarmasi Isroil armiyasining G‘azo shahri shimolidagi Shayx Ridvan hududidagi maktabni bombalaganini ma’lum qildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 10 kishi, jumladan, bolalar halok bo‘lgan, ko‘plab falastinliklar yaralangan.
Al-Ahli Baptistlar kasalxonasining Anadolu agentligiga ma’lum qilishicha, G‘azodagi Hamama maktabining o‘qqa tutilishi ortidan ko‘plab o‘lik va yaradorlarning jasadlari shifoxonaga yetkazilgan.
Voqea guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, maktabdagi ayrim sinf xonalari butunlay vayron bo‘lgan.