Isroil Mudofaa Kuchlari Erondan yana bir raketa otishmasini aniqladi.
Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati bayonot berdi.
"Isroil armiyasi Erondan Isroil hududiga raketa otilganini aniqladi. Mudofaa tizimlari tahdidlarni bartaraf etish ustida ishlamoqda", deyiladi bayonotda.
Avvalroq, IIQK Isroil va mintaqadagi AQSh harbiy bazalariga qarshi o‘tkazilgan "Haqiqiy va’da 4" operasiyasi doirasida raketa hujumlarining 72-to‘lqini boshlanganini e’lon qilgan edi.