Isroil armiyasi so‘nggi 24 soat ichida Eronning markaziy va g‘arbiy qismidagi nishonlarga 140 ta havo hujumi uyushtirganini xabar qildi.
Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati bayonot berdi.
"So‘nggi 24 soat ichida Isroil havo kuchlari Eronning markaziy va g‘arbiy qismidagi nishonlarga 140 ta zarba berdi", deyiladi bayonotda.
Harbiylarning ma’lumotlariga ko‘ra, nishonlar orasida ballistik raketalar omborlari va uchirish maydonchalari, shuningdek, havo mudofaasi tizimlari bilan bog‘liq inshootlar bor edi.