Yangi zarbalar kutilmoqda.
Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) Bayrutning janubiy chekkalarida yashovchi aholiga yangi havo hujumlaridan ogohlantirib, zudlik bilan evakuasiya qilish haqida buyruq berdi.
"SAXAL"ning arab tilidagi vakili Avixay Adraining ta’kidlashicha, Isroil armiyasi Livan poytaxtining janubiy qismidagi "Hizbulloh" harbiy infratuzilmalariga zarba berishda davom etadi.
Livan rasmiylari bergan ma’lumotga ko‘ra, kechagi hujumlar oqibatida 200 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, 1100 ga yaqin kishi jarohatlangan. Isroil tomoni nishon faqat Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi guruh ob’ektlari ekanini aytmoqda.
Biroq Associated Press agentligining xabar berishicha, bir necha zarbalar aholi gavjum bo‘lgan tijorat va turar-joy mavzelariga oldindan ogohlantirishsiz berilgan va bu tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlarga sabab bo‘lgan.