Bugun 16 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Isroil AQSh va Eron kelishuvi shartlarini bajarmasligi kerak

Isroil AQSh va Eron kelishuvi shartlarini bajarmasligi kerak

Isroilning o‘ta o‘ngchi milliy xavfsizlik vaziri AQSh va Eron o‘rtasidagi yangi kelishuvlarni qattiq tanqid qildi.

Itamar Ben-Gvir Oq uy Eron tomoni bilan kelishib olgan tinchlik kelishuvini keskin rad etdi va harbiy qarorlarni qabul qilishda Isroilning suveren huquqiga urg‘u berdi.

«Trampning kelishuvi biz uchun majburiy emas. Isroil AQShning mustamlakasi emas», — dedi Ben-Gvir X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Siyosatchi ayniqsa Livanga oid bandlardan norozi ekanini bildirdi. Uning fikricha, Isroil armiyasi Hizbulloh to‘liq qurolsizlantirilmaguncha Livanda egallab turgan pozisiyalarini tark etmasligi lozim.

«Biz xavfsizligimizni ta’minlamaydigan bu kelishuvning tomoni emasmiz va u biz uchun hech qanday majburiyat yuklamaydi. Biz Hizbullohning to‘liq qurolsizlantirilishidan kam narsaga rozi bo‘lmasligimiz kerak. Isroilga qarshi ochilgan har qanday o‘tga javob qaytarishda bir lahza ham sukut saqlamasligimiz lozim», — dedi Milliy xavfsizlik vazirligi rahbari.

Ben-Gvirning fikricha, Livan hududidan bo‘ladigan har qanday provokasiyaga javoban Isroil Bayrut shahridagi muhim ob’ektlarga zarba berishi kerak. Uning ta’kidlashicha, har bir uchirilgan dron yoki raketa darhol poytaxtning Dahiya tumaniga qilingan hujum bilan javob qaytarilishi lozim.

Bundan avval Shahboz Sharif Vashington va Tehron o‘rtasida kelishuvga erishilganini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur kelishuvlar «Livanni ham o‘z ichiga olgan holda barcha frontlarda harbiy operasiyalarni zudlik bilan va yakuniy to‘xtatishni» nazarda tutadi.

Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kozem G‘aribobodiy ham Vashington bilan muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanganini rasman tasdiqladi. Eronlik diplomatning bildirishicha, tomonlar o‘zaro anglashuv memorandumini 19 iyun kuni Shveysariyada imzolashni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 22:31 15.06.2026. O'qildi: 310 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!