Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Ispaniyaning 76 ta universiteti Isroil bilan aloqalarni uzdi

Ispaniyaning 76 ta universiteti Isroil bilan aloqalarni uzdi

Talabalar noroziliklari tufayli Ispaniyaning 76 ta universiteti Isroil universitetlari bilan aloqalarini uzdi, deya xabar beradi Ispaniya universitetlari konfederasiyasi.

Bu qaror shu haftada Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi talabalar norozilik namoyishlari ortidan universitet kampuslarida lagerlar qurishni boshlaganlarida qabul qilindi.

Konfederasiya namoyishlarga javoban, Falastin tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kuchaytirishga, ko‘ngillilar va qochqinlarga yordam berish dasturlarini kengaytirishga va’da berdi.

Barselona universiteti Isroil bilan barcha aloqalarni uzish uchun ovoz berganidan bir kun o‘tib, Basklar mamlakati universiteti aprel oyida xuddi shunday harakatni amalga oshirganini e’lon qildi.

Ma’lumot uchun, Ispaniya Universitetlari Konfederasiyasi Ispaniyaning 50 davlat universitetlari va 27 xususiy universitetlarini o‘z ichiga oladi.

Avvalroq Irlandiyaning Triniti kolleji talabalarning noroziliklari ortidan Isroil universitetlari bilan shartnomalarni bekor qilishga rozi bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Kiritildi: 10:37 10.05.2024. O'qildi: 850 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!