Rafa Mir sud hukmidan norozi ekanligini bildirdi.
«Elche» hujumchisi Rafa Mir jinsiy zo‘ravonlik ishi bo‘yicha chiqarilgan hukmga izoh berdi. 28 yoshli futbolchi 8,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Hukmda 64 ming yevro miqdorida kompensasiya to‘lash ko‘zda tutilgan. Futbolchi o‘n yil davomida jabrlanuvchiga 500 metrdan yaqinroq masofaga yaqinlashishi mumkin emas.
«Men hukmga qo‘shilmayman. Biz apellyasiya beramiz. Men hamon adolatga ishonaman», – deb yozdi futbolchi ijtimoiy tarmoqda.