“Publika.az”ning xabar berishicha, Madrid shahrida yashaydigan 57 yashar Karmen Ximenes deyarli 30 yilmobaynida o‘zini so‘qirlikka solib kelgan. Sababi esa kulgili: insonlar bilan salomlashaverish joniga tekkan ekan.
Eng qizig‘i, eri ham bundan bexabar bo‘lgan, faqat ba’zida makiyaj qilib o‘tirganida, ba’zida esa televizorga tikilib o‘tirganida shubhalanib yurgan.
Karmen Ximenesning aytishicha, u jamiyat odami emas, insonlar bilan yaqin bo‘lolmaydi. Hammadan uzoqda va yolg‘iz bo‘lishni istarkan.
Shifokorlar uning bu ishlarini antrofobiya xastaligi deb xulosa chiqarganiga qaramay, hukumat ayolni davlatni aldab, nogironlik hujjatlarini to‘g‘rilatgani uchun jazoga tortadigan bo‘ldi.