Bu haqda Ispaniya transport vaziri Oskar Puente o‘z akkauntida ma’lum qildi.
Hammasi bo‘lib 223 kishi halok bo‘ldi. «Valensiyada 215 ta, Kastiliya-La-Mancha avtonom hamjamiyatida yettita, Andalusiyada bitta», dedi Puente. Vazirning qo‘shimcha qilishicha, 78 nafar fuqaro bedarak yo‘qolgan, 48 nafar jasadning shaxsini aniqlashning iloji bo‘lmagan.
1 noyabr, juma kuni halokatli ob-havo hodisalari tufayli 202 kishi halok bo‘ldi. 29-oktabr kuni Ispaniyaga «Dana» to‘foni kelib, bir necha soat ichida qator provinsiyalarga ikki yillik yog‘ingarchilikni to‘kib yubordi.