Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ispaniyada so‘nggi 14 yil ichida ilk umummilliy ish tashlash boshlandi

Ispaniyada so‘nggi 14 yil ichida ilk umummilliy ish tashlash boshlandi


Chorshanba kuni Ispaniyada uy-joy taqchilligi va ijara narxlari oshishiga qarshi 24 soatlik umummilliy ish tashlash boshlandi. Uni mamlakatning yirik kasaba uyushmalari — UGT va CCOO, shuningdek, ijarachilar tashkilotlari qo‘llab-quvvatlamoqda.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, Ispaniyada 750 mingga yaqin uy-joy yetishmaydi. 2028 yilga borib bu ko‘rsatkich bir milliondan oshishi mumkin. Yoshlar kengashi ma’lumotida o‘rtacha ijara haqi 1 176 yevro bo‘lib, bu yoshlarning oylik maoshining qariyb 99 foiziga tengligi qayd etilgan.

Kasaba uyushmalari ma’lumotlariga ko‘ra, port va avtomobil sanoati xodimlarining 90 foizgacha qismi ish tashlashga qo‘shilgan. Volkswagen va SEAT zavodlarida ish to‘xtagan. Madriddagi namoyishlar vaqtida polisiya bilan to‘qnashuv yuz berib, 13 kishi tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan.

Noroziliklar Bosh vazir Pedro Sanches hukumatining uy-joy siyosatiga nisbatan tanqidlar kuchaygan bir paytda o‘tkazilmoqda. Mamlakatda muddatidan oldingi parlament saylovlari 29 noyabrga belgilangan. Ish tashlash uy-joy inqirozini saylovoldi siyosiy muhokamalarining asosiy mavzusiga aylantirishi kutilmoqda.

Kiritildi: 23:06 11.11.2026. O'qildi: 487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik