Times jurnalining 19 noyabr kuni bergan xabarlariga ko‘ra, Ispaniyada yo‘lni kengaytirish ishlarini olib borayotgan ishchilar mamlakatda islom hukm surgan davrga tegishli bo‘lgan eng qadimiy qabristonlardan birini topishdi. Bu yerda 300 ga yaqin musulmonning qabri aniqlangan.
Ushbu topilma tarixchilarni islom dini bilan bog‘liq bo‘lgan yangi ma’lumotlar bazasi bilan ta’minlaydi. Pireney yarim orolida islom dini sakkiz asrga yaqin asosiy dinlardan biri bo‘lgan.
Ispaniyaning Saragosa shahri yaqinidagi Tauste hududida ishlayotgan ishchilar dastlab odam qoldiqlariga duch keldilar. Shundan keyin bu yerga arxeologlar chaqiriladi. Voqea joyiga yetib kelgan arxeologlar 300 ga yaqin qabrni aniqlashadi. Mazkur hududdagi qabrlarning ba’zilari sakkizinchi asrga borib taqaladi.
«Biz Pireney yarim orolida eng qadimiy va eng yaxshi saqlanib qolgan musulmonlar qabristonlaridan birini kashf etdik», dedi arxeolog Rafayel Laborda.
Saragosa tarixda musulmonlar va xristianlar to‘qnash keladigan jang maydonlaridan biri bo‘lgan.
“Bu qabriston islom hukm surgan hududlarning chegarasida joylashgan. Xristian podshohliklari ushbu qabrlarga xavf slogan” deya qo‘shimcha qildi Laborda.
Hududda olib borilgan dastlabki tahlil tarixda bu yerda yashagan musulmonlar aholisi ilgari o‘ylanganidan ko‘p ekanligini ko‘rsatmoqda. Arxeologlarning ta’kidlashicha, endi DNK tahlili ushbu aholining kelib chiqishini aniqlaydi va mintaqaning islom dinini qabul qilishi haqida ma’lumot beradi.