Bugun 28 iyul, 2026 yil, seshanba

КИР

Ispaniyada iyun jaziramasi tufayli kamida 900 kishi vafot etdi

Ispaniyada iyun jaziramasi tufayli kamida 900 kishi vafot etdi

2026 yil iyun oyida Ispaniyada kuzatilgan kuchli issiqlar oqibatida kamida 900 kishi vafot etdi. Bu haqda mamlakat SSV kunlik o‘lim holatlarini monitoring qilish tizimi dastlabki ma’lumotlariga asoslanib, Pais nashri xabar berdi.

Nashr qayd etishicha, 2026 yil iyuni Ispaniyada 1961 yildan buyon olib borilayotgan meteorologik kuzatuvlar tarixida eng issiq ikkinchi iyun bo‘ldi. Davlat meteorologiya agentligi (AEMET) o‘tgan oyni «o‘ta issiq» deb baholagan. Kuzatuvlar tarixida eng issiq iyun esa 2025 yilda qayd etilgan.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil iyun oyida yuqori haroratlar tufayli vafot etganlarning 623 nafari anomal issiqlar hukm surgan bir hafta davomida hayotdan ko‘z yumgan.

Qolaversa, 2026 yil iyun oyi issiq havo bilan bog‘liq o‘limlar soni bo‘yicha ham ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu boradagi eng yuqori ko‘rsatkich 2017 yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda 1 ming kishi jazirama issiq qurboni bo‘lgan. Bu kabi kuzatuvlar 2015 yildan buyon yuritib kelinmoqda.

Iyun oyining o‘rtalarida Yevropaning qator davlatlarida anomal issiqlar kuzatildi. Ayrim hududlarda havo harorati 40 darajaga yaqinlashdi, ba’zi joylarda esa bundan ham oshib ketdi. Fransiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Italiyada eng yuqori — qizil darajadagi ob-havo xavfi e’lon qilindi.

France 24 telekanali Yevropada anomal yuqori haroratlar tufayli kamida 94 million kishi ekstremal issiq ta’siriga duch kelishi mumkinligini xabar qilgan.

Kiritildi: 16:41 01.07.2026. O'qildi: 697 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!