Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Ispaniyada ETAning sobiq a’zosi 110 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Ispaniyada ETAning sobiq a’zosi 110 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Ispaniya Milliy sudi bask terrorchilik guruhining ETA sobiq a’zosini 2002 yilda bir necha hujum uyushtirganlikda ayblab, 110 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Hujjatda aytilishicha, ayol ETA a’zolarini «2002 yilda uchta hujumni amalga oshirish uchun zarur vositalar bilan ta’minlaganlik, rahbarlik qilgani va ta’minlagani» uchun hukm qilingan. Teraktlar Saragosa va Navarra avtonom jamiyatida sodir etilgan. Oqibatda bir necha kishi tan jarohati oldi va katta moddiy zarar ham keltirildi.

ETA 1959 yilda tashkil etilgan va Ispaniya shimoli va Fransiyaning janubi-g‘arbiy qismidagi yerlarni o‘z ichiga olgan Basklar hududining mustaqilligini himoya qilgan. ETA tomonidan uyushtirilgan teraktlar natijasida 820 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Guruh 2011 yilda urushni to‘xtatganini e’lon qilganiga qaramay, Ispaniya va Fransiya hukumati ETA a’zolarini ta’qib qilishda davom etmoqda.

2018 yil may oyi boshida guruh o‘z faoliyatini butunlay to‘xtatganini e’lon qildi.

Kiritildi: 04:09 09.11.2024. O'qildi: 1181 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!