Ispaniya milliy polisiyasi Yevropada eng ko‘p qidirilayotgan qochoqlardan birini qo‘lga oldi.
Bu haqda huquq-tartibot idoralari matbuot xizmati xabarida aytiladi.
Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi Jirona provinsiyasida (Kataloniya avtonom jamoasi) qo‘lga olingan. Unga qarshi Vengriya va Ruminiya hukumatlari tomonidan hibsga olish uchun ikkita Yevropa orderi bor edi.
Hibsga olingan shaxs, jumladan, og‘ir qotillikda ayblanmoqda. Uni umrbod qamoq jazosi kutmoqda. Uni hibsga olish uchun polisiya o‘zini park va bog‘ni ta’mirlash ishchilari sifatida ko‘rsatishi kerak edi.