Ispaniya terma jamoasi murabbiylar shtabi "Barselona" va "Real" o‘rtasidagi ziddiyatdan xavotirda. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, terma jamoadagilar hozircha vaziyat jamoalarni Joze Mourinyo va Xosep Gvardiola boshqargan paytdagi kabi kelishmovchilik darajasiga yetib bormaganini tushunishadi. Biroq, ba’zi asosiy futbolchilar, xususan, Lamin Yamal va Daniel Karvaxal o‘rtasida yuzaga kelgan keskinlik "Qizil furiya" bosh murabbiyi Luis de la Fuente va uning shtabida xavotir uyg‘otdi. Mutaxassislar bunday holat terma jamoaning 2026 yilgi jahon chempionatidagi ishtirokiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini anglamoqda.
Ta’kidlanishicha, o‘tgan Ispaniya Superkubogi oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan "el-klasiko" atrofidagi voqealarni unutishga yordam berishi mumkin edi, biroq bunday bo‘lmadi. Xususan, Yamal va "Real" himoyachisi Din Xyoysen o‘rtasida janjal kelib chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyida Yamal "Porsinos" media jamoasini "Real" bilan taqqoslab, ular firibgarlik qilayotgani va shikoyat qilayotganini aytgandi.