31-oktabr kuni Ispaniya isroillik kompaniyalarga 2025 yilda Madridda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro mudofaa va xavfsizlik ko‘rgazmasida (FEINDEF) ishtirok etishni taqiqlaganini e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, chiqarib yuborishga Isroilning bosib olingan Falastin hududlari va Livandagi harakatlari, shuningdek, yaqinda G‘arbiy Sohilda isroillik askarlarning xalqaro delegatlar, jumladan, Ispaniya fuqarolariga hujum qilgani sabab bo‘lgan.
Delegatlar orasida Barselonaning sobiq meri Ada Kolau va Yevropa parlamenti a’zosi Jaume Asens bor edi, ular Isroil kuchlari ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatganda, zaytun yig‘im-terimi paytida falastinliklarga yordam berishgan.
❕ Dunyodagi 10 ta eng yirik mudofaa ko‘rgazmalaridan biri bo‘lgan FEINDEF12-14 may kunlari Madridda 400 dan ortiq kompaniyani kutmoqda.