Ispaniya shu yilning 3 aprelidan «oltin vizalar» berishni to‘xtatdi. Schengen nashrining yozishicha, ushbu dastur 2013 yildan beri amalda edi.
«Oltin vizalar», ya’ni mamlakatda yashash huquqini quyidagi holatlarda qo‘lga kiritish mumkin edi:
Yuqoridagilar orasida ko‘chmas mulkka sarmoya kiritish eng ommalashib ketdi.
Ispaniya turarjoylar qurilishi va shaharlarni rivojlantirish vaziri Isabel Rodrigesning aytishicha, «oltin vizalar» berishni to‘xtatish yuqori narxlar hamda mamlakatning ayrim joylarida taklif taqchilligi tufayli uy sotib olish imkoniyati cheklangan ispaniyaliklarga madad bo‘ladi.
AQShda esa, aksincha, boy migrantlar uchun «oltin karta» joriy etildi. Tramp unga 5 mln dollar narx qo‘ydi.