Bugun 11 noyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Ispaniya bosh vaziri mudofaa xarajatlarini oshirishga qarshiligini bildirdi

Ispaniya bosh vaziri mudofaa xarajatlarini oshirishga qarshiligini bildirdi

Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches NATOga a’zo davlatlar mudofaa xarajatlarini YAIMning 5 foiziga yetkazish taklifini keskin rad etdi. Bu talabni AQSh prezidenti Donald Tramp ilgari surgan edi. 9 noyabr kuni El País gazetasida chop etilgan intervyuda hukumat rahbari Yevropa 2035 yilga borib “to‘liq qurollangan” qit’a emas, balki xalqaro huquq kafolatiga aylanishi uchun ish olib borishga chaqirdi.

“Yoshlarga qanday dunyo qoldirishni xohlaymiz? Yevropa mamlakatlari byudjetining 5 foizini mudofaaga ajratadigan dunyomi?” — dedi Sanches. “Biz diplomatik sa’y-harakatlarni amalga oshirishimiz kerak: 2035 yilda bizda to‘liq qurollangan Yevropa emas, balki birlashgan va xalqaro huquqni kafolatlaydigan Yevropa bo‘lishi lozim”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Shu bilan birga, bosh vazir o‘zgarayotgan geosiyosiy realiyalarni inobatga olish kerakligini tan oldi. Shu sabab Ispaniya hozir mudofaa va xavfsizlik xarajatlarini baribir oshirishga majbur.

Siyosatchining so‘zlaricha, Ispaniya NATO doirasida ishonchli ittifoqchi bo‘lib qolmoqda.

Donald Tramp bilan munosabatlari haqidagi savolga javob berar ekan, bosh vazir “ideologik va siyosiy ixtiloflarga” qaramay, Ispaniya va AQSh “institutsional, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan eng yaxshi munosabatlarga” ega bo‘lishini istashini aytdi.

Kiritildi: 21:40 10.11.2025. O'qildi: 408 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!