Bugun 14 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

Ispaniya 2025 yilda Ukraina va Yaqin Sharqdagi mojarolarga barham berishga hissa qo‘shish niyatida ekanligini ma’lum qildi

Ispaniya 2025 yilda Ukraina va Yaqin Sharqdagi mojarolarga barham berishga hissa qo‘shish niyatida ekanligini ma’lum qildi

Ispaniya diplomatiyasi bu yil Ukraina va Yaqin Sharqdagi mojarolarni tugatishga yordam berishi kerak. Bu haqda Ispaniya tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares ma’lum qildi.

Ispaniya elchilari oldidagi konferensiyada so‘zga chiqqan Xose Manuel Albares "2025 yil tinchlik, demokratiya va adolat uchun hal qiluvchi yil. 2025 yilda Ispaniya diplomatiyasi Ukraina va Yaqin Sharqdagi mojarolarni tugatishga hissa qo‘shishi kerak, shunda bu adolatli tinchlik qurol va vayronagarchilik o‘rnini egallaydi" - dedi Xose Manuel Albares.

Vazirning fikricha, joriy yil Ukraina kelajagi uchun hal qiluvchi yil bo‘ladi.

"Ukraina bo‘yicha hech narsani Ukrainasiz hal qilib bo‘lmaydi, Yevropa xavfsizligiga oid hech narsani Yevropasiz hal qilib bo‘lmaydi", — deya qo‘shimcha qildi Xose Manuel Albares.

Kiritildi: 16:43 13.01.2025. O'qildi: 356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!