Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Islom sivilizasiyasi markazi binosida yuzaga kelgan yong‘in o‘chirildi

Islom sivilizasiyasi markazi binosida yuzaga kelgan yong‘in o‘chirildi

O‘zbekiston Islom sivilizasiyasi markazi binosida yong‘in yuzaga kelgani haqida xabar berilgan edi.

Favqulotda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2019 yilning 5 dekabr kuni soat 16:38da Toshkent shahar Olmazor tumani Zarqaynar 14-berk ko‘chasida joylashgan Islom sivilizasiyasi markazining yangi qurilayotgan binosida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Xabar asosida voqea joyiga 10 ta asosiy yong‘in o‘chirish avtoekipajlari hamda 6 ta maxsus va yordamchi yong‘in o‘chirish texnikalari jalb etilgan.

Birinchi bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 16:44 yetib borgan va 16:54 da yong‘in qurshab olinib, soat 17:06 da to‘liq bartaraf etilgan.

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan.

Yong‘in oqibatida qurilayotgan bino yerto‘lasida joylashgan ta’mirlash uchun olib kelingan teploizolyasiya (penoplast) qurilish materiallari 150 kv.metr maydonda yongan.

Yong‘inning kelib chiqish sabab va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Kiritildi: 18:13 05.12.2019. O'qildi: 1919 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!