Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Islom mojarosi: Buyuk Britaniya Fransiyaning yonini olmoqda

Islom mojarosi: Buyuk Britaniya Fransiyaning yonini olmoqda

Buyuk Britaniyaning tashqi ishlar vaziri Dominik Raabning aytishicha, Parijda o‘qituvchi Samyuel Patining o‘ldirilishi bilan bog‘liq mojarolar yuzaga kelayotgan bir paytda mamlakat Fransiya bilan birdamlikda. Bu hamda Buyuk Britaniyaning Fransiyadagi elchixonasi bayonotida ham alohida ta’kidlandi.

"Samyuel Patining dahshatli tarzda o‘ldirilishidan keyin Buyuk Britaniya Fransiya va fransuz xalqi bilan birdamlikda qolmoqda", deya vazirning so‘zlari keltiriladi elchixonaning tvitterdagi bayonotida. Raabning aytishicha, NATO ittifoqchilari va umuman xalqaro hamjamiyat "bag‘rikenglik va so‘z erkinligining asosiy qadriyatlarini yelkama-elka qo‘llab-quvvatlashi" kerak.

Ma’lumot uchun, fransiyalik o‘qituvchi payg‘ambarimiz Muhammad (s. a. v)ning karikaturalarini o‘quvchilariga ko‘rsatib, haqorat qilgani tufayli o‘ldirilgandi. Shundan keyin Fransiya prezidenti Islom dini va musulmonlarga qarshi fikr bildirganidan keyin nizo kuchaydi.

 

Kiritildi: 15:20 28.10.2020. O'qildi: 4293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!