Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Islom Ismoilov JCh nimchorak finalidan oldin o‘z fikrlarini bildirdi

A A A
Islom Ismoilov JCh nimchorak finalidan oldin o‘z fikrlarini bildirdi

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islom Ismoilov JCh nimchorak finalidan o‘rin olgan Italiya bilan o‘yin oldidan fikrlarini bildirdi.

- Italiyaga qarshi o‘yinga tayyorgarlik qanday ketmoqda?

- Barcha o‘yinlarga yondashganimizdek, Italiya bilan o‘yinga ham yaxshi tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Jamoada kayfiyat a’lo darajada. Xudo xohlasa, ertangi bahsga 100% tayyor bo‘lamiz.

- Bizda jarohatlangan futbolchilar yo‘qmi?

- Kichik jarohat olgan futbolchilar bor. Eng katta yo‘qotish — bu diskvalifikasiyaga uchragan Muhammad Hakimov.

- Italiyani o‘rganib chiqishga ulgurdingizmi?

- Italiyaning JChdagi barcha o‘yinlarini ko‘rib chiqdik. Nafaqat Yevropaning, balki mundialning eng kuchli jamoalaridan biri deb bemalol ayta olamiz. Shunga qaramasdan, jamoamizda xarakter bor. O‘ylaymanki, ertaga futbolchilarimiz bor potensialini namoyish qiladi.

Eslatib o‘tamiz, U-17 mundial nimchorak finali doirasidagi Italiya – O‘zbekiston uchrashuvi 18 noyabr kuni 17:30 da boshlanadi.

Kiritildi: 22:31 17.11.2025. O'qildi: 2798 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!