Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) dengiz floti barcha kemalarni Hormuz bo‘g‘ozidan faqat Tehron tomonidan taqdim etilgan yo‘lak orqali o‘tishga chaqirdi.
Eron harbiylarining ogohlantirishi Eron davlat televideniyesi tomonidan efirga uzatildi.
"Eron tomonidan taqdim etilgan yo‘lak Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tishning yagona xavfsiz yo‘lidir. Kemalarni boshqa yo‘nalishlarga qayta yo‘naltirish xavfli va IIQK dengiz floti bunga murojaat qilgan har bir kishiga qarshi qat’iy choralar ko‘radi", deyiladi bayonotda.