Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

«Ishonch telefoni»ga qo‘ng‘iroqdan so‘ng bankirlarning nayrangi ochildi

A A A
«Ishonch telefoni»ga qo‘ng‘iroqdan so‘ng bankirlarning nayrangi ochildi

Jizzax viloyati, Do‘stlik tumanida istiqomat qiluvchi S.A.ning Bosh prokuratura ishonch telefoniga (10-07) qo‘ng‘irog‘idan so‘ng ATB «Mikrokreditbank» tuman filiali mansabdorlarining siri ochildi. Bu haqda Xabar.uz'ga mahkama matbuot xizmati ma’lum qildi.

S.A.ning murojaati asosida Departament tomonida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda bank filiali amaliyot bo‘limi rahbari SH.B. va boshqalar to‘rt fuqaroni (ular orasida murojaatchi ham bor) bexabar qoldirib, ularning nomiga «Har bir oila-tadbirkor» davlat dasturi doirasida imtiyozli kredit hujjatlarini rasmiylashtirib, parranda va chorva mollari xaridi uchun 120 mln. so‘m mablag‘ni ta’minotchi korxonalarga o‘tkazib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Holat yuzasidan JKning (Jinoyat kodeksi) ikkita — 167-moddasi (o‘zlashtirish) 3-qismi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda tergov harakatlari o‘tkazilib, zararni qoplash choralari ham ko‘rilmoqda.

Kiritildi: 18:06 09.06.2020. O'qildi: 3984 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!