Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Ishlaydigan onalarga bolalarini ovqatlantirish uchun qo‘shimcha vaqt beriladi

A A A
Ishlaydigan onalarga bolalarini ovqatlantirish uchun qo‘shimcha vaqt beriladi

2 yoshga to‘lmagan bolali ayollarga bolani ovqatlantirish uchun (o‘ziga berilgan dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan tanaffusdan tashqari) kamida har 3 soatda bir marta har biri 30 minutdan kam bo‘lmagan tanaffus beriladi.

2 yoshga to‘lmagan ikki va undan ko‘p bolali ayollarga tanaffusning muddati kamida 1 soat qilib belgilanadi.

Mazkur tanaffuslar uchun ish haqi kamaytirilmaydi.

Bolali ayolning xohishiga ko‘ra tanaffuslar dam olish va ovqatlanish uchun belgilangan tanaffusga qo‘shib berilishi yoki umumlashtirilib, ish kunining boshiga yoki oxiriga ko‘chirilib, ish kuni shunga yarasha qisqartirilishi mumkin.

Kiritildi: 10:35 03.02.2023. O'qildi: 1585 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!