O‘zbekistonda yoshga doir pensiya olish uchun fuqaroning ish staji kamida 7 yil bo‘lishi lozim. 7 yil va undan ko‘proq ish stajiga ega shaxslarga pensiya ish staji miqdoriga mutanosib ravishda tayinlanadi.
Pensiya jamg‘armasining eslatishicha, «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunning 37-moddasida ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari sifatida quyidagilar ko‘rsatilgan:
Jamg‘arma ma’lumotiga ko‘ra, ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan mehnat faoliyatiga 1965 yildan keyingi davr uchun jamoa xo‘jaligidagi ish stajini hisoblab chiqarishda, agar jamoa xo‘jaligi a’zosi uzrsiz sabablarga ko‘ra jamoa xo‘jaligida belgilangan mehnatda ishtirok etish minimumini bajarmagan bo‘lsa, ishlangan vaqtning amalda davom etgan davri ham hisobga olinadi.
Ijodiy faoliyat bilan mashg‘ul xodimlarning ish staji, basharti ular Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan bo‘lsalar, ijodiy uyushmalarning boshqaruvlari ana shu muallifning asari e’lon qilingan yoki birinchi marta jamoat oldida ijro yoki namoyish etilgan kundan e’tiboran belgilanadi.
Shuningdek, pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan umumiy kasallik oqibatidagi I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi qonunning 17-moddasiga muvofiq bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.
Umumiy kasallik oqibatida vafot etgan hamda nogironlik pensiyasini tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan boquvchisini yo‘qotgan oila a’zolariga pensiya boquvchining bor stajiga mutanosib ravishdagi (17-modda) miqdorda tayinlanadi.
Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalar bor stajga mutanosib miqdorda quyidagicha tayinlanadi:
2020 yil 1 sentyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam yoshga doir pensiya oyiga 513 350 so‘mni tashkil qiladi.