Bugun 15 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Ish kiyim bilan namoz o‘qish mumkinmi?

A A A
Ish kiyim bilan namoz o‘qish mumkinmi?

SAVOL: Ko‘pincha ishxonada namoz o‘qiyman. Kiyimim chang bo‘ladi. Savol shundaki, pok kiyimda qazo qilib o‘qigan afzalmi yoki chang, moy kiyimda vaqtidami?

JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim.
To‘g‘ri, imkon bo‘lganda toza-pokiza kiyimlar bilan namoz o‘qishga targ‘ib qilinadi. Fiqh kitoblarimizda ish kiyimi bilan namoz o‘qish makruh, degan gaplar ham bor. Lekin toza kiyim bo‘lmaganda, ish kiyimi bilan bo‘lsada namozni vaqtida o‘qiladi. Chunki namozni tark qilish katta gunohdir.

Katta gunohga tushmaslik uchun kir kiyim bilan bo‘lsa-da, farzni bajarish shart bo‘ladi. Buning ustiga chang, har xil texnik moylar, benzin, solyarka kabi narsalar najosat hisoblanmaydi. Zarurat bo‘lgan shunday kiyimlarda ham namoz o‘qiladi. Buni bahona qilib namozni tark qilinmaydi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo hay’ati.

Kiritildi: 18:00 30.01.2022. O'qildi: 10759 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!