Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Ish beruvchi qanday hollarda xodimni ishdan chetlashtirishi shart?

A A A
Ish beruvchi qanday hollarda xodimni ishdan chetlashtirishi shart?

Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimni ishdan chetlashtirishi shart:

🔹vakolatli davlat organlarining talabiga ko‘ra;

🔹alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida ishga kelganida yoki ishda bo‘lganida;

🔹mehnatni muhofaza qilish sohasida o‘quvdan hamda bilim va ko‘nikmalari tekshiruvdan o‘tmaganda;

🔹majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmaganda;

🔹xodim ishni bajarishi uchun tibbiy xulosaga muvofiq qarshi ko‘rsatmalar aniqlanganda;

🔹tibbiy xulosaga ko‘ra 4 oygacha vaqtincha boshqa ishga o‘tkazishga muhtoj xodim boshqa ishga o‘tishni rad etganda yoxud ish beruvchida bunday xodimga beradigan ish bo‘lmaganda;

🔹xodim foydalanilishi shart bo‘lgan shaxsiy va (yoki) jamoaviy himoya vositalaridan foydalanmaganda.

Xodim karantinli va odam uchun xavfli boshqa yuqumli kasalliklar tahdidi vaqtida joriy etiladigan profilaktik emlashdan o‘tishni rad etganda ish beruvchi uni ishdan chetlashtirishi mumkin. Emlashga xodim sog‘lig‘ida qarshi ko‘rsatmalar bo‘lsa ishdan chetlashtirilmaydi.

Xizmat tekshiruvi o‘tkazilganda ham xodim unga xalaqit berishiga asosli sabab bo‘lsa, xodim ishdan chetlashtirilishi mumkin.

Kiritildi: 11:43 06.07.2023. O'qildi: 1665 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!