Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ish beruvchi ish haqini o‘z vaqtida to‘lamasa, xodimga pulli kompensasiya to‘lashi shart

A A A
Ish beruvchi ish haqini o‘z vaqtida to‘lamasa, xodimga pulli kompensasiya to‘lashi shart

Ish beruvchi ish haqini, ta’til to‘lovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi to‘lovlarni yoki xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni to‘lash muddatini buzgan taqdirda, ularni to‘lov muddatidan keyingi kundan e’tiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni o‘z ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun Markaziy bankning o‘sha vaqtda amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pulli kompensasiya) bilan birga to‘lashi shart.

Xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan pulli kompensasiyaning miqdori Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 10 foizi miqdorida belgilanadi.

Mazkur pulli kompensasiyani to‘lash majburiyati ish beruvchining oylik ish haqini yoki xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni to‘lashning kechiktirilishida aybi bor-yo‘qligidan qat’i nazar yuzaga keladi.

Kiritildi: 14:32 08.01.2024. O'qildi: 1979 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!