Bugun 5 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Iroqlik shaxs Shvesiyada Qur’on yoqishga yana ruxsat oldi

A A A
Iroqlik shaxs Shvesiyada Qur’on yoqishga yana ruxsat oldi

Avvalroq Stokgolmda Qur’onni yoqib yuborgan iroqlik muhojir Salvan Najem 14 avgust kuni Stokgolmdagi Mintorget maydonida (Shvesiya parlamenti binosi oldida) yana shunday aksiya o‘tkazishga ruxsat oldi.

Ilgari Salvan Najem Iroqdan kelgan boshqa bir muhojir Salvan Momika bilan birgalikda Qur’onni yoqib yuborgan va yana uchta harakat qilish uchun ariza bergan, biroq Momika keyinroq topshirilgan arizalarni qaytarib olgan. Endi Salvan Najem yangi ariza topshirdi va ruxsat oldi.

Shvesiyaning CBT axborot sayti xabariga ko‘ra, Salvan Momika va Salvan Najem hozirda etnik guruhga qarshi da’vo qilishda ayblanib, tergov qilinmoqda.

Kiritildi: 19:48 09.08.2023. O'qildi: 2381 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!