Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Iroqda qum bo‘roni davom etmoqda

Iroqda qum bo‘roni davom etmoqda

Iroqning ayrim hududlarini qum bo‘roni qoplagan. Bag‘dodda noqulay ob-havo tufayli aeroport o‘z ishini to‘xtatdi. Bu haqda "Shafaq news" axborot portali xabar bermoqda.

Ko‘rinishning yomonligi tufayli havo qatnovi butunlay to‘xtatildi. Kuchli shamol poytaxtga chang olib keladi, shuning uchun rasmiylar aksariyat davlat idoralarini yopishga qaror qilishdi. Sog‘liqni saqlash vazirligining boshqarmalari bundan mustasno.

Xuddi shunday holat Iroqning boshqa hududlarida ham kuzatilmoqda. Noqulay ob-havo tufayli 16 may kuni Najaf, Vosit, Ad-Divaniya, Kirkuk va Diyala viloyatlarida davlat muassasalarida ishlanmaydigan kun deb e’lon qilindi.

Iroqda bu yil bahorda qum bo‘ronlari birinchi marta kuzatilayotgani yo‘q.

Kiritildi: 11:35 16.05.2022. O'qildi: 2467 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!