Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Iroq va Indoneziya U-20 Jahon chempionatida qatnashmoqchi emas

Iroq va Indoneziya U-20 Jahon chempionatida qatnashmoqchi emas

31 mart kuni U-20 Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Ammo Balida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan qur’a tashlash marosimi o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Bunga sabab sifatida Indoneziya davlatining Isroil futbolchilarini hududiga kiritishni istamayotgani keltirilgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda Iroq va Indoneziya davlatlari ushbu mundialda ishtirok etmasligi borasida FIFAga bayonot yozgan. Ular FIFAning qarorini kutishmoqda. Agarda ushbu termalar musobaqadan olinsa, 31 mart kuni qur’a tashlash marosimi o‘tkazilishi ham mumkin. Biroq mezbon masalasi ochiqligicha qoladi.

Kiritildi: 19:43 26.03.2023. O'qildi: 5138 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!