Turkiya Milliy Mudofaa vazirligi Iroq shimolidagi Panja-Qal’a operasiyasi hududida 3 nafar askar halok bo‘lganini ma’lum qildi.
“Biz qurbonlarning oila a’zolari, qurolli kuchlar va olijanob xalqimizga hamdardlik bildiramiz”, — deyiladi Turkiya harbiy boshqarmasi bayonotida.
Turkiya Suriya va Iroq shimolida mamlakatda taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasining (PKK) Suriya qanotiga qarshi operasiyalar o‘tkazmoqda.