Bugun 20 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Iroq mamlakatdan qochgan qariyb 2 mingta harbiyni Suriyaga qaytardi

Iroq mamlakatdan qochgan qariyb 2 mingta harbiyni Suriyaga qaytardi

Iroq hukumati muxolifat qurolli kuchlari hujumi paytida mamlakatdan qochib ketgan 1900 dan ortiq harbiyni Suriya tomoniga topshirdi. Bu haqda Iroq QK Birlashgan operativ qo‘mondonligi ma’lum qildi.

Bayonotda aytilishicha, 19 dekabr kuni ertalab “aksar Suriya kuchlari bilan hamkorlikda 1905 nafar Suriya zobiti va ularga aloqador shaxslar El-Qayim chegara postida Suriya kuchlariga rasman topshirildi”. Iroq harbiy qo‘mondonligiga ko‘ra, ikki davlat chegarasidagi “Bu-Kemal” nazorat-o‘tkazish punktida ishlagan 36 kishi Suriyaga qaytib kelgan.

Suriya harbiylari Damashqdagi yangi hokimiyatning iltimosiga ko‘ra vataniga jo‘natildi va qaytishdan oldin tegishli yozma rozilik berdi. Iroq tomoni Suriyaning amaldagi hukumatini qaytib kelgan harbiy xizmatchilarning xavfsizligini ta’minlash, ularni afv etish va oilalariga qaytarishni kafolatlashga chaqirdi.

“Al Vatan” nashri, shuningdek, Suriya hukumati Dayr az-Zor viloyatidan Iroq hududiga qochib ketgan 2,4 ming nafar suriyalik harbiy xizmatchilarni qaytarish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, Suriyani nazorat qilayotgan qurolli muxolifatning birlashgan kuchlari bosh qo‘mondonligi Iroq hukumati bilan Iroq hududiga yashiringan askarlar va zobitlarni topshirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Kiritildi: Bugun 10:18. O'qildi: 393 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!