Iroq hukumati o‘rta maktab o‘quvchilari uchun imtihon kunlarida butun mamlakat bo‘ylab internetni to‘rt soatga o‘chirish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi, deb xabar berdi Iroq telekanali Alsumaria , ta’lim vazirligi bayonotiga tayanib.
“Vazirlar Kengashi imtihon jarayonini muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun kuchlarni birlashtirish maqsadida o‘rta va o‘rta ta’lim maktablarida imtihonlar o‘tkaziladigan davr uchun soat 4 dan 8 gacha internet tarmog‘ini o‘chirishni ma’qulladi”, — deyiladi xabarda.