Bugun 29 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Iroq Kurdiston mintaqasi yetakchisining uyiga dronlar hujumi uyushtirildi

Iroq Kurdiston mintaqasi yetakchisining uyiga dronlar hujumi uyushtirildi

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi Iroq Kurdiston mintaqasi yetakchisi Nechirvan Barzanining Dohukdagi uyiga qilingan dron hujumini qoraladi.

Bu haqda Khabar Fouri nashri xabar bermoqda.

"Men dron hujumini qoralayman va Nechirvan Barzanining tezroq sog‘ayib ketishini tilayman", dedi Arag‘chi.

Uning fikricha, AQSh va Isroil qo‘shni davlatlar o‘rtasida keskinlikni keltirib chiqarish va mojaroni kengroq hududga yoyish uchun bunday hujumlardan foydalanmoqda.

Shuni ta’kidlash kerakki, Bag‘dod rasmiylari Iroq Kurdiston mintaqasi yetakchisi Nechirvan Barzanining uyiga qilingan dron hujumidan so‘ng tergov o‘tkazishni buyurgan.

Kiritildi: Bugun 11:00. O'qildi: 369 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!