Iroq bosh vaziri Muhammad al-Sudaniy yaqin bir necha hafta ichida Moskvaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi Iroq TIV.
Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Iroq Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Iroq tashqi ishlar vaziri Fuad Husayn Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga al-Sudaniyning tashrifiga tayyorgarlik yakunlangani haqida ma’lum qilgan.