Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Irlandiyada quloqsiz quyoncha dunyoga keldi (foto)

Irlandiyada quloqsiz quyoncha dunyoga keldi (foto)

Shimoliy Irlandiyaning Belfast shahrida yashovchi Kayli Klark quyon boqadi. Bir oy oldin uning quyonlari bolaladi, bitta quyoncha quloqsiz tug‘ildi, deb yozadi Daily Mail.

Irlandiyada quloqsiz quyoncha dunyoga keldi (foto)

Quyonchaga Leo deb laqab qo‘yildi, Kayli uni o‘ziga olib qoldi.

31 yoshli irlandiyalik ayol quyonchaning taqdiridan xavotirlanib, uning yashab ketishiga shubhalangandi. Biroq quyoncha qolgan jonivorlar singari rivojlanib katta bo‘ldi.

«U juda chiroyli bo‘lib ulg‘aydi, shuning uchun uni o‘zimizga olib qolishga qaror qildik. Biz unga Leo deb laqab qo‘ydik, chunki quloqlari bo‘lmagani sababli u sher bolasiga o‘xshardi», — deydi Kayli Klark.

Uning so‘zlariga ko‘ra, quyon nima sababdan quloqsiz, biroq sog‘lom tug‘ilganiga tushunmagan.

Kiritildi: 22:00 19.06.2020. O'qildi: 5940 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!