Bugun ertalab Irlandiyaning Shannon aeroportida bir kishi Amerika harbiy samolyotining qanotiga chiqib, fyuzelyaj va qanotga bolta bilan zarba bera boshladi.
Bu haqda mahalliy TheJournal nashri xabar berdi.
"Erkak aeroportning chekka yo‘lida to‘xtab turgan AQSh harbiy-havo kuchlarining C130 Hercules harbiy transport samolyoti yonida ko‘rilgan", deyiladi xabarda.
Aeroport polisiyasi va aeroportning o‘z yong‘in va qutqaruv xizmati, polisiya va Irlandiya mudofaa kuchlari a’zolari bilan birga voqea joyiga yetib keldi.
Gumonlanuvchi hibsga olingan. Bir manbaga ko‘ra, samolyotga jiddiy zarar yetgan.
Xavfsizlik buzilishidan so‘ng, aeroport deyarli 30 daqiqaga yopildi. Endi operasiyalar qayta boshlandi.