Bugun 29 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Irlandiya futbolchilari Isroil madhiyasi paytida boshlarini egdi

Irlandiya futbolchilari Isroil madhiyasi paytida boshlarini egdi

UYEFA Millatlar ligasida Irlandiya va Isroil terma jamoalari o‘rtasidagi bahs nafaqat maydondagi natija, balki uchrashuv oldidan kuzatilgan norozilik harakatlari bilan ham e’tibor markazida bo‘ldi.

Vengriyaning Debresen shahrida o‘tkazilgan o‘yin oldidan Irlandiya futbolchilari qora bog‘ich taqib maydonga chiqdi. Isroil madhiyasi yangragan paytda esa jamoa a’zolari boshlarini egib turdi.

Shuningdek, irlandiyalik futbolchilar o‘yin oldidan Isroil terma jamoasi vakillari bilan an’anaviy qo‘l berib ko‘rishish marosimida ishtirok etmadi. Irlandiya futbol assosiasiyasi bu qaror haqida Isroil tomonini oldindan xabardor qilgan, UYEFA esa bunday tartibga rozilik bildirgan.

Mazkur uchrashuv Irlandiyada G‘azodagi urush fonida katta muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Mamlakatdagi bir qator sportchilar va jamoatchilik vakillari o‘yinni boykot qilishga chaqirgan.

Terma jamoa darvozaboni Gavin Bazunu esa Isroilga qarshi har ikki bahsda qatnashmaslikka qaror qildi. U bu qarorini shaxsiy pozisiyasi bilan izohlab, jamoa safini tark etdi.

Maydonda esa Irlandiya raqibidan ishonchli tarzda ustun keldi. Uchrashuv 3:0 hisobida yakunlandi.

Jamoalar 4 oktyabr kuni yana o‘zaro to‘qnashadi. Irlandiya mezbon sanaladigan ikkinchi bahs xavfsizlik masalalari tufayli Serbiyaning Bachka-Topola shahrida o‘tkaziladi.

Kiritildi: 15:35 28.09.2026. O'qildi: 946 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!