Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Iqlim masalalariga bag‘ishlangan sammit bo‘ldi

Iqlim masalalariga bag‘ishlangan sammit bo‘ldi

Bir qancha davlatlar sayyoramizdagi tropik o‘rmonlarni himoya qilish uchun 500 million dollardan ortiq mablag‘ ajratishini ma’lum qildi. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.

Nyu Yorkda iqlim masalalariga bag‘ishlangan sammit bo‘lib o‘tdi. Unda o‘rmonlarni himoya qilish masalasi muhokamalar markazida turibdi. Jumladan, yangi dasturga muvofiq bu yili yong‘inlardan qattiq aziyat chekayotgan Braziliyadagi Amazonka o‘rmonlari himoyasiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Fransiya ushbu dastur doirasida 100 million dollar mablag‘ ajratishini ma’lum qildi. BMT Bosh kotibi Antonio Guterish daraxtlarning kesilishini to‘xtatish va o‘rmonlarni qayta tiklash xalqaro ahamiyatdagi muhim vazifa ekanligini ta’kidladi.

Amazoniya o‘rmonlari judda katta miqdordagi karbonat angidrid gazlarini yutgani sababli “sayyoramiz o‘pkasi”ga qiyoslanadi. Ko‘pchilikning fikricha, Braziliyadagi o‘rmon yong‘inlari odamlar tomonidan qasddan o‘t qo‘yish oqibatida yuzaga keladi. Yong‘inlardan so‘ng bo‘shagan yerlar esa fermerlarga sotiladi. Buyuk Britaniya bosh vazi Boris Djonson London 270 million AQSh dollari miqdorida maxsus fond tashkil etishini rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 06:45 27.09.2019. O'qildi: 1270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!