Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, boshlang‘ich ustav kapitali miqdori 25 milliard so‘mbo‘lgan aksiyadorlik jamiyati shaklidagi Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi ta’sis etildi.
Quyidagilar Kompaniyaning asosiy vazifalaridan etib belgilandi:
Shuningdek, Farmon bilan 2019-2021 yillarda ipoteka krediti tizimini rivojlantirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi tasdiqlandi.
2020 yil 1 yanvardan boshlab maqsadli dasturlar ijrosi doirasida quyidagi yangi shartlarda ipoteka kreditlari ajratiladi:
Bundan tashqari, qonun hujjatlarida belgilangan malakaviy talablarga javob beradigan yuridik shaxslarga maqsadli dasturlarni amalga oshirishda buyurtmachi yoki bosh pudratchi sifatida qatnashish huquqi berildi.
Shuningdek, uy-joylar va kvartiralarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish uchun kreditlar beriladi.
2020 yil 1 yanvardan boshlab maqsadli dasturlarni amalga oshirish doirasida taqdim etilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha amaldagi imtiyozlar bekor qilinadi.
Moliya vazirligi tuzilmasida boshqaruv xodimlarining 12 ta shtat birligini qo‘shimcha ajratgan holda Arzon uy-joylar qurish davlat maqsadli dasturlarini muvofiqlashtirish va moliya bozori vositalarini rivojlantirish boshqarmasi tashkil etildi.
Maqsadli dasturlar ijrosi samaradorligini tahlil qilish va monitoringida ishtirok etish, ular bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish Boshqarmaning asosiy vazifalaridan etib belgilandi.
2019 yil 1 yanvarga qadar qurilishga ruxsat etilgan uy-joy fondi ob’ektlarini (2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturiga, 2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturiga kiritilgan ob’ektlar bundan mustasno) birlamchi uy-joy bozorida realizasiya qilish oboroti 2020 yilning 1 yanvariga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi.