✅ Qurilish ishlari hamda aholining uy-joy sotib olishi uchun ham qo‘shimcha yengilliklar yaratiladi.
✅ Xususan, endi 5 qavatli uylarni barpo etishga kamida “qoniqarli” va 9 qavatli uylarga “o‘rta qoniqarli” reytingiga ega bo‘lgan pudratchilar jalb qilinadi. Bu – qo‘shimcha 2 mingga yaqin pudratchiga yo‘l ochib beradi.
✅ Turar joylar qurilishida “yashil” standart joriy qilinadi. U asosida bunyod etiladigan uy uchun pudratchilarga kreditlar bir foiz past, ya’ni yillik 15 foiz stavkada beriladi.
✅ Pudratchilarga kreditlar bo‘yicha kafillik berish va foiz xarajatini qisman qoplashga Tadbirkorlik kompaniyasi tomonidan 200 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
✅ Uy qurilishi uchun maxsus texnikalar importi bo‘yicha berilgan bojxona imtiyozi yana bir yilga uzaytiriladi.
✅ Bundan buyon ipoteka kreditlari bo‘yicha garovga olinadigan uyni sug‘urtalash talabi bekor qilinadi.