U orqali pasport va bank kartalari ma’lumotlari o‘g‘irlanyapti. Virus AppStore’dagi soxta ilovalarga o‘rnatilgan. Ular messenjerlar, SI chatbotlar va kripto birjalari ilovalari ko‘rinishida yashiringan. Dastur fotosuratlarni ko‘rish huquqini so‘raydi va shu orqali shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlaydi.
Yuklab olish va sharhlar soni haqiqiylik ko‘rsatkichi emas — ilovalardan birida allaqachon 242 mingdan ortiq o‘rnatish mavjud. Galereyani tozalab chiqishni va yangi ilovalarni vaqtincha yuklamay turishni maslahat beramiz, bu iOS tizimida bunday turdagi virus tarqalishining birinchi holati.