Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Investisiyalar va tashqi savdo vazirligida xodimlarni emlash tadbirlari o‘tkazildi

A A A
Investisiyalar va tashqi savdo vazirligida xodimlarni emlash tadbirlari o‘tkazildi


10 avgust holatiga ko‘ra, Vazirlik markaziy apparati xodimlarining 61 foizi, quyi tashkilotlar xodimlarining 70 foizi va ITSV hududiy bo‘linmalari xodimlarining 85 foizi emlandi.

Qolganlar ilgari emlangan yoki oxirgi 3 oy ichida COVID-19 bilan kasal bo‘lgan yoki emlanishga qarshi tibbiy ko‘rsatmalari bor xodimlarni tashkil etadi.

Barcha xodimlar surunkali kasalliklar va vaksinaga qarshi tegishli ko‘rsatmalari bor-yo‘qligini aniqlash uchun dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Xodimlarni emlashning ikkinchi bosqichi joriy yilning avgust oyi oxirigacha o‘tkazilishi mo‘ljallangan.

Emlash COVID-19dan himoya qilishning eng ishonchli usuli va jamoaviy immunitetni shakllantirishning xavfsiz mexanizmidir. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda aholini emlash bepul asosda o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 13:50 11.08.2021. O'qildi: 1621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!