Bugun 23 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Investisiya" vasvasasi fosh bo‘ldi

Investisiya" vasvasasi fosh bo‘ldi


——
Surxondaryo viloyatida yashovchi E.Q. ariza bilan murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 3.260.000 so‘m pullari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi P.D. sodir etganligi aniqlangan.

Unga ko‘ra, P.D., jabrlanuvchi E.Q. bilan telegram messenjeridagi guruhlarning birida tanishib, investisiya kiritish borasida uni ishontirib, pullarini oz fursatlarda 2 baravar ko‘paytirib berishini va’da qilib, aldov yo‘li bilan 3.260.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olishga erishib, mazkur pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan P.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
———
⚖️ Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "g" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha jazosi nazarda tutilgan.

Kiritildi: 13:11 09.07.2024. O'qildi: 872 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!