Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

"Invalid" so‘zi dunyo tillaridan yo‘qotiladi - YUNISEF

Birlashgan millatlar tashkiloti bolalar jamg‘armasi – YUNISEF - o‘ziga xos ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga nisbatan qo‘llaniladigan terminologiyani o‘zgartirish bo‘yicha ishlarni olib bormoqda.

Shu tariqa, qonunlarda boshqa yangi terminlarni qo‘llash imkoniyati paydo bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, "alohida e’tiborga muhtoj" bolalar o‘zlarini jamiyatda qulay his etishlari uchun stigmatizasiya (tamg‘a) va diskriminasiya (tahqirlash, kamsitish) singari to‘siqlarni yengib o‘tish lozim. Inklyuziv shart-sharoitlarni yaratayotgan maktablar soni oshayotgani bilan, jamiyatda bu singari bolalarga nisbatan stereotip munosabatlar hamon bor, deb xabar qiladi Sputnik Qozog‘iston.

"Invalid" so‘zi asosan ushbu holatdan yiroq bo‘lgan odamlar ishlatadilar, deb hisoblaydi "Teng imkoniyatlar dunyosi" invalid-bolalar ota-onalari jamiyati" vakili Svetlana Shreyder. Ayolning o‘zi alohida e’tiborga ega bolani tarbiyalaydi.

"Uyda biz bu so‘zni ishlatmaymiz. Umid qilamanki, qachondir odamlar bunday bolalar to‘g‘risida o‘z fikrlarini o‘zgartirishadi. Chunki invalid - bu eng dahshatlisi emas. Ularda tashxislar turlicha, bolalarning tashqi ko‘rinishi ham mutlaqo boshqa-boshqa bo‘lishi mumkin. Ularning zakovati ham turfa. Umid qilamanki, alohida e’tiborga molik bolalarga nisbatan yaqin kelajakda boshqacha ifoda ishlatiladi. Jamiyat ham ularni boshqacha qabul qila boshlaydi", - dedi Svetlana Shreyder.

BMTda "Invalidlar huquqlari bo‘yicha" konvensiyani qayta nomlash ustida ish olib borilmoqda, chunki "bu so‘z endi kerak emas", deb qo‘shimcha qildi Tatyana Aderixina.

"Invalid" so‘ziga dunyoning barcha tillarida barham berishmoqchi. (…) U kerak emas, barchasi o‘zgarmoqda. Hozirda biz Qozog‘istonda qanday atamani tanlash borasida uzoq bahs olib boryapmiz. Chunki bu yerda nafaqat rus tili, balki qozoq tili masalasi ham turibdi. Shunday ta’rifni topishimiz kerak-ki, u bolani kamsitmasin va mutaxassislarga ham bola ehtiyojlarini tug‘ri ta’riflashda yordam bersin", - deb aytgan YUNISEF vakili.

Hozirda mutaxassislar to‘g‘ri ta’rifni rus va qozoq tillarida aniqlashtirib olib, uni qonun darajasida mustahkamlash ustida ish olib bormoqdalar.

Kiritildi: 21:33 08.11.2019. O'qildi: 2318 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!