Bugun 17 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Interpol qidiruvida bo‘lgan o‘zbekistonlik Ummon Sultonligidan ekstradisiya qilindi

Interpol qidiruvida bo‘lgan o‘zbekistonlik Ummon Sultonligidan ekstradisiya qilindi

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu fuqaro odam savdosi bilan shug‘ullangani uchun qidiruvda bo‘lgan.

Qayd etilishicha, Ummon Sultonligidan O‘zbekiston Respublikasiga Interpol Maskat Milliy Markaziy Byurosi xodimlari kuzatuvida mamlakatimiz Jinoyat kodeksining 135-moddasida nazarda tutilgan odam savdosida ayblanayotgan fuqaro ekstradisiya qilindi.

Taqdim etilgan materiallar asosida vatandoshimiz xalqaro qidiruvga e’lon qilindi.

Interpol kanallari orqali qidiruvdagi shaxsning Ummon hududida ekanligi aniqlandi. U joriy yilning aprel oyida ushbu mamlakatda hibsga olingan.

Bir oy oldin Toshkent Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlarining hamrohligida Ummondan O‘zbekistonga ikki nafar jinoyatchi ayol ekstradisiya qilindi.

Tashrif davomida olib borilgan muzokaralar va o‘rnatilgan ikki tomonlama aloqalar tufayli, qo‘shma sa’y-harakatlar natijasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining ayblanuvchini topshirish to‘g‘risidagi iltimosnomasini amalda bajarish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroportda qidiruvda bo‘lgan shaxs Interpol Milliy markaziy byurosi va respublika huquqni muhofaza qilish organlari vakillariga topshirildi.

Kiritildi: 16:40 03.07.2025. O'qildi: 870 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!