Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Interpol G‘arbiy Afrikada jinoyatchilikka qarshi operasiya davomida 2 million yevrodan ortiq mablag‘ni musodara qildi

A A A
Interpol G‘arbiy Afrikada jinoyatchilikka qarshi operasiya davomida 2 million yevrodan ortiq mablag‘ni musodara qildi

Xalqaro Jinoiy Polisiya Tashkilotining (INTERPOL) 21 davlat ishtirok etgan G‘arbiy Afrikada uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash operasiyasi doirasida 2 million yevrodan ortiq mablag‘ musodara qilindi. Bu haqda Interpol saytida e’lon qilingan xabarda aytiladi.

“G‘arbiy Afrikadagi uyushgan jinoiy guruhlarga qarshi kurash bo‘yicha “Chaqol” operasiyasi davomida qariyb 2,15 million yevro musodara qilingan yoki muzlatilgan”, — deyiladi matnda.

Qayd etilishicha, operasiya doirasida 208 ta bank hisobi bloklangan. 1,1 ming gumondor shaxs aniqlangan, ulardan 103 nafari qo‘lga olingan.

Bular G‘arbiy Afrikadagi bir qancha jinoiy tashkilotlar bo‘lib, ular internetdagi firibgarlik, kredit karta, pul yuvish va boshqalar bilan shug‘ullanadi.

Kiritildi: 08:43 09.08.2023. O'qildi: 1220 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!