"Inter" Chempionlar Ligasi 1/4 final javob bahsida "Bavariya" bilan durang o‘ynadi - 2:2. Uchrashuv Milandagi "Juzeppe Meassa" stadionida bo‘lib o‘tdi.
O‘yinning 52-daqiqasida myunxenliklar forvardi Xarri Keyn hisobni ochdi. Shundan so‘ng mezbonlar Lautaro Martines va Benjamen Pavarning sa’y-harakatlari bilan ketma-ket ikkita gol urishdi. 76-daqiqada mehmonlar himoyachisi Erik Dayer hisobni tenglashtirdi.
"Inter" ikki o‘yin natijasiga ko‘ra "Bavariya"ni mag‘lub etdi (birinchi o‘yin - 2:1) va Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqdi, u yerda "Barselona"ga qarshi o‘ynaydi. Nemis klubi turnirdagi ishtirokini yakunladi.